2025/2026 o'quv yili boshlanishi munosabati bilan 33-son maktabimizda "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri o'tkazildi. Tadbirda davraga 1-sinf o'quvchilari tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirni ochish milliy madhiyamiz bilan boshlandi.
Tadbirga faxriy ustozlar, ota onalar taklif qilindi. Tadbir davomida ular o'quvchilarga bu yilgi o'quv yilida muvaffaqiyatlar, zafarlar, ulkan yutuqlar tiladi va o'quvchilar vatan haqida o'zlari yod olgan she'rlari, qo'shiqlari bilan davraga ulkan fayz qo'shdi.
O'quv yilining boshlanishi munosabati bilan "Bilimlar kuni" soati tashkil qilinib, "Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun" shiori ostida dars mashg'ulotlari boshlandi.
Dars mashg'ulotlari milliy ruhda tashkil qilinib, mashg'ulot davomida tarixiy olimlar, allomalar, mutaffakkirlar va vatan uchun jon fido qilgan buyuk ajdodlarimiz haqida axborotlar berildi, videoroliklar ko'rsatildi.





